ANDREYEV NIKOLAY ANDREYEVICH
Kapitan Andreyev Nikolay Andreyevich, 1916-yilda Leningrad viloyati Ostrovskiy tumani Belyaeyevo qishlog‘ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta.
1937-1939-yillar davomida Kaluga bronetankchilar maktabi kursanti bo‘lgan. 1940-yilga qadar Kaluga o‘quv tankchilar bataloni komandiri lavozimida xizmat qilgan. 1940-1941-yillarda DXXK Toshkent o‘lkalararo maktabida tahsil olgan. 1941-yilda Petropavlovsk shahar IIXKB kotibiyati boshlig‘i, keyinchalik Shimoliy Qozog‘iston viloyati IIXK Oktabr tuman bo‘limi operativ vakili yordamchisi lavozimlarida xizmat qilgan. 1942-yilga qadar O‘rta Osiyo harbiy okrugi IIXK maxsus bo‘limi operativ vakili, 1942-yildan boshlab esa Stalingrad fronti 241-tankchilar brigadasi operativ vakili bo‘lgan.
1945-yil 4-iyunda uzoq davom etmagan kasallikdan so‘ng vafot etadi va barcha harbiy obro‘-e’tibor bilan Grans shahridagi (Sharqiy Prussiya) ofitserlar qabristoniga dafn etiladi.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlangan.