ALIYEV PARDA

        Podpolkovnik Aliyev Parda, 1920-yil 15-oktabrda Toshkent shahrida tug’ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, 1937-yilda Toshkent shahridagi o‘rta maktabning 10 sinfini, 1953-yilda IIV maktabini, 1965-yilda Vazirlar Kengashi qoshidagi DXQ maktabini tamomlagan.

        1939-yilda harakatdagi armiyaga harbiy xizmatga chaqiriladi va Belorus harbiy okrugi 5-artilleriya polki polk maktabi kursantligiga qabul qilinadi. 1941 -yil iyun oyidan 1942-yil oktabr oyiga qadar G‘arbiy front 5-zaxiradagi artilleriya polki bo‘linmasi, keyinchalik Moskva harbiy okrugi 1-alohida zaxiradagi o‘tochar bataloni komandiri lavozimida xarbiy Xizmatni o‘tagan. 1942-1943-yillarda o‘tochuvchi komandirlarni tayyorlash guruhi tinglovchisi bo‘lgan. 1944 -yilning may oyiga qadar 2-Ukraina fronti 3-alohida motorlashgan tankchilarka qarshi batalon komandiri lavozimida xizmat qilgan. 1945 -yil aprel oyida o‘qotar armiya harbiy bilim yurti qoshida ofitserlar tarkibi malakasini oshirish guruhidagi tahsildan so‘ng shu yilning may oyiga qadar 2-Ukraina fronti 3-alohida motorlashgan tankka qarshi o‘qotar batalonda artilleriya texnik ta’minoti boshlig‘i bo‘lgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI