ALEKSYUK FILIPP GAVRILOVICH

Katta leytenant Aleksyuk Filipp Gavrilovich, 1921-yil 22-dekabrda Kiyev viloyatining Talnov tumani Antonovka qishlog‘ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1938-yilda Duxovishinsk pedagogika bilim yurtini, 1952-yilda marksizm va leninizm kechki universitetini tamomlagan.

1941-yil dekabr oyidan 1942-yil fevral oyiga qadar G‘arbiy front 60-alohida o‘qchilar brigadasi aloqa bataloni radiotelegrafist lavozimida harbiy xizmatni o‘tagan. 1942-yil fevral-1943-yil fevral oylarida Shimoliy Kavkaz fronti 257-o‘qchilar diviziyasi 943-o‘qchilar polkining, 1945-yil may oyiga qadar esa Shimoliy Kavkaz fronti 116-alohida Sivash aloqa polki radiotelegrafisti bo‘lgan.

Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Kavkaz mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“KAVKAZ MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI