AFANASYEV GRIGORIY KIRILLOVICH

 

        Podpolkovnik Afanasyev Grigoriy Kirillovich, 1906-yil 10-oktabrda Oltoy o‘lkasining Oltoy tumani Oltoy qishlog‘ida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1932-yilda Irkutsk tog‘ ishchilari fakultetining 2-bosqichini, 1938-yilda Leningrad davlat savdo institutini tamomlagan, 1941-yil iyul oyida IIXKning Janubiy frontiga qarashli 70-kavaleriya diviziyasining 192-kavaleriya polki maxsus bo‘limida xizmat qiladi. 1941-yil noyabr oyida jangda og‘ir jarohat oladi va Essentuki shahridagi 5294-sonli harbiy gospitalga davolanish uchun jo‘natiladi. Salomatligini tiklagach, Janubiy frontning 56-arimiyasi IIXKning maxsus bo‘linmasi 5-bo‘linmasida xizmat qiladi. 1942-yil iyul-1943-yil iyul oylari davomida Shimoliy Kavkaz frontidagi IIXXning Ordjonikidze diviziya qo‘shinlari maxsus bo‘limi tergovchisi lavozimida faoliyat olib boradi. 1943-yil iyuldan 1945-yil aprelga qadar Shimoliy Kavkaz frontidagi “SMERSH”ning kontrrazvedka bo‘limi operativ vakili lavozimida xizmat qiladi.

        Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kavkaz mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KAVKAZ MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI