ABIDOV RUSTAM SHAKIROVICH

        Starshina Abidov Rustam Shakirovich, 1924-yil 5-mayda Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida tavallud topgan, millati tatar, ma’lumoti o‘rta, 1938-yilda Termez qishloq kengashi qoshidagi 7-yillik o‘rta maktabni tamomlagan.

        1942-yil oktabrda Ashxobod harbiy piyodalar bilim yurtini tamomlagach Markaziy front 75-gvardiya o‘qchilar diviziyasining 212-o‘qchilar polki o‘qchilar bo‘linmasi komandiri etib tayinlanadi. 1942-yilning noyabr oyidan 1943-yilning yanvar oyiga qadar Kursk shahridagi evakuatsiya gospitalida davolanadi.  Salomatligini tiklagach, Markaziy front 75-gvardiya o‘qchilar diviziyasining 212-o‘qchilar polki o‘qchilar bo‘linmasi komandiri lavozimida xizmatni davom ettiradi. 1943-yil dekabr oyidan 1944-yil yanvar oyi davrida qayta jarohat olib, Kursk shahridagi evakuatsiya gospitalida davolanadi. U erdan 1-Ukraina frontining 20-alohida motoo‘qchilar brigadasining pulemyotchilar guruhini boshqargan. 1944-yil fevral-mart oylarida Rovno shahridagi evakuatsiya gospitalida davolanadi. 1945-yil oktabr oyiga qadar Janubiy-g‘arbiy front havo hujumiga qarshi mudofaa
8-korpusining 415-alohida kichik kalibrli divizion korpusi razvedka bo‘linmasi komandiri bo‘lgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI