ABDURAXMANOV AXMED

     

        Mayor Abduraxmanov Axmed, 1924-yil 28-martda Toshkent shahrida tavallud topgan, millati tatar, ma’lumoti o‘rta, 1956-yilda Toshkent shahridagi kunduzgi-sirtqi maktabni tamomlagan.

        1942-yilning sentabr oyidan 1943-yilning fevral oyiga qadar Toshkent harbiy piyodalar bilim yurti kursanti bo‘lgan. 1943-yil fevralda Markaziy front 129-o‘qchilar diviziyasining 518-Qizil bayroqli o‘qchilar polki bo‘linma komandiri lavozimida xizmat qilgan. 1944-yil yanvar oyida jangda yaralanib, 3891-sonli gospital
(Glaznov sh.)da davolanadi. Salomatligini tiklab, 2-Leningrad piyodalar bilim yurtida tahsil oladi va u erdan 1944-yil iyunda Sverdlovsk piyodalar bilim yurtiga jo‘natiladi. O‘qishni tamomlagandan keyin Saksoniya yerligi harbiy ma’muriyatining Zalsvedel tumani harbiy komendaturasiga qarashli 537-o‘qchilar rotasining vzvod komandiri lavozimida 1948 -yilning aprel oyiga qadar xizmat qilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI