ABDUJALILOV ERGASH
Katta leytenant Abdujalilov Ergash, 1920-yilda Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida tavallud topgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, Farg‘ona shahridagi o‘rta maktabning 9-sinfini tamomlagan.
Xizmatni 1940-yilning oktabr oyida Orlov harbiy okrugi 3-diviziyasining 644-polki 9-batareyasida qizil armiyachi sifatida boshlagan. 1941-yilning oktabridan 1944-yilning martiga qadar Kalinin fronti 35-armiyasining 644-polki 3-diviziyasiga qarashli razvedka boshqarmasida vzvod komandiri yordamchisi lavozimida xizmat qilgan. 1944-yil oktabrda Moskva harbiy okrugi 31-armiyasi qoshidagi kichik leytenantlar kursini tamomlagach, 4-Ukraina fronti bosh qo‘mondonligi, keyinchalik 60-armiya 246-o‘qchilar diviziyasi ixtiyoriga jo‘natilgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil” medallari bilan taqdirlangan.