GRINKO IVAN USTINOVICH
polkovnik, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (26.11.1944)

1922-yil 6-oktabrda Kuznetsovskiy qishlog‘ida (hozirgi Qozog‘iston Aktobe viloyati Jurun tumani) dehqon oilasida tug‘ilgan. Moldavan. Toshkent temir yo‘l muhandislik texnikumining birinchi kursini tamomlagan. 1940-yilda Grinko Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan. 1942-yilda Chkalov nomidagi harbiy aviatsiya uchuvchilar maktabini bitirgan.
1944-yil avgustiga qadar kapitan Ivan Grinko 2-Boltiq fronti,15-havo armiyasi, 214-aviatsiya havo diviziyasi, 190-hujum aviatsiya polkining eskadrilya komandir o‘rinbosari bo‘lib ishlaydi. Bu vaqtga kelib, u dushmanning harbiy texnikasi va tirik kuchi, aerodromi va mudofaasi zaxiralariga 129 marotaba hujum uyushtirdi, 16 tank, 97 ta avtotransport vositasi, 21 ta zinit qurilmasi, 19 ta artilleriya uskunasi, 7 ta temir yo‘l vagonlari, 2 ta o‘q-dorilar ombori, 100 dan ortiq dushman askarlari va ofitserlari yo‘q qilishga muvoffaq bo‘ladi.  Uyushtirilgan havo janglarida 2 ta samolyotni yo‘q qiladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944 yil 26 oktyabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, kapitan Ivan Grinko Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1946-yilda Grinko zaxiraga bushatilgan. 1952-yilda u yana xizmatga chaqiriladi. 1960-yilda polkovnik unvoni bilan Grinko zaxiraga bushatildi. 1989-yil 14-sentabrda vafot etgan va Uralskda dafn qilingan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"2-DARAJALI SUVOROV" ORDENI

"1,2,3-DARAJALI KUTUZOV" ORDENI

"LENIN" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN" MEDALI

"KAVKAZ MUDOFAASI UCHUN" MEDALI