GRIGOROV IVAN ALEKSEYEVICH

gvardiya katta serjanti, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (10.04.1945)

U Rus dehqon oilasida tug‘ilgan. 6-sinfni tugatgan. 30-yillarning boshlarida O‘zbekistonga ko‘chib kelgan. Begobod xo‘jaliklararo birlashmasida (Toshkent viloyati) nazoratchi bo‘lib ishlagan.
1936-1939 yillarda Qizil Armiya safida xizmat qilgan. 1941-yilda Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan u armiyaga chaqirilgan, frontda 1942-yil iyul oyidan orudiya hisobini boshqargan. Stalingrad jangida, Belorusiya va Ukrainani ozod qilishda qatnashgan.
Oder daryosining g‘arbiy sohilidagi platsdarmni kengaytirish uchun bo‘lgan janglarda I. Grigorov boshqargan orudiya doimiy ravishda dushman piyodasining jangovar qo‘shinlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qqa tutib turgan. Brisen (Bzeg shimoli-g‘arbiy) qishlog‘ida bo‘lgan janglarda orudiya hisobi jonbozlik ko‘rsatgan. 1945-yil 25-yanvarda serjant I.A.Grigorovning hisobi dushman hujumini qaytarayotib,
2 ta orudiya, 2 ta zirhli mashinasi, 3ta zenit o‘rnatmasini yakson qiladi. 6-fevral kuni artilleriya nemislarning kolonnasini to‘xtatib qoladi, uning jangovar kengayishiga yo‘l qo‘ymaydi va butun diviziya bilan birgalikda uni mag‘lubiyatga uchratadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 10-apreldagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, gvardiya katta serjanti Ivan Alekseyevich Grigorov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"2-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"1941-1945 YILLAR VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G'ALABA" MEDALI

"3-DARAJALI SHON-SHARAF" MEDALI