ABILAY ALIMBETOV

serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (30.10.1943)

 1921-yil 20- martdа Qizilqum tumanida kambag‘al dehqon oilasida tug‘ilgan. Qozoq. Ma’lumoti o‘rta.
1942-yil yanvarda Qizil Armiya safiga chaqirilgan va shu yildan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.
Serjant Alimbetov 1943-yil 15-oktabrda Ukraina SSR (hozirgi Ukraina) Chernixiv viloyati, Repkin tumani shahar tipidagi Radul qishlog’i yaqinida Dnepr daryosini kechib o‘tishda jonbozlik ko’rsatgan. Daryoning narigi tomoniga o‘tib, unga ishonib topshirilgan bo’linma askarlari bilan dushman xandaqlariga bostirib kiradi. Dneprning o‘ng qirg‘og‘ida jang paytida Alimbetov halok bo‘lgan vzvod komandiri o‘rnini egallaydi. Uning boshchiligi ostida vzvod dushmanning beshta qarshi hujumini qaytarib, qo‘lga kiritilgan chiziqni ushlab turdi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 30-oktyabrdagi Farmoni bilan «Dnepr daryosidan muvaffaqiyatli kechib o‘tishda, hamda daryoning g‘arbiy sohilidagi platsdarmga mustahkam o’rnashishda ko’rsatgan jasorati va qahramonligi uchun», serjant Alimbetov Ablay Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Urush oxirida Alimbetov Ablay armiyada xizmat qilishni davom ettirdi. Leningrad harbiy-siyosiy maktabini, keyin V.I.Lenin nomidagi Harbiy-siyosiy akademiyasini tamomlagan.
Polkovnik Alimbetov Ablay Qozog‘iston SSR Qizil-Orda, Toldi-qo‘rg‘on va Gurev viloyatlarida DOSAAF qo‘mitalarining raisi bo‘lib ishlagan.
1973-yil 23-sentabrda vafot etdi.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

Ikkinchi darajali Vatan urushi ordeni. SSSR. ORDENI

"1941-1945 yillardagi Ulug' Vatan urushida Germaniya ustidan g'alaba uchun " medali

"1941-1945 yillardagi Ulug' Vatan urushidagi G'alabaning 20 yilligi " medali