BABUSHKIN LEONID GEORGIYEVICH
kichik serjant, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (03.24.1945)
1925-yilning 3-aprelida Perm o‘lkasining Uinskiy tumanidagi Fomino qishlog‘ida (hozirgi paytda mavjud emas) dehqon oilasida tug‘ilgan. Millati – rus. O‘rta maktabni tugatgan. 1934-yilda Sverdlovsk viloyati Krasnouralsk shahriga ko‘chib o‘tgan.
1943-yilning yanvarda Ulyanovsk viloyati Nikolo-Cheremshanskiy mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan.
1943-yilning dekabrdan Ikkinchi Jahon urushida qatnashgan. 609-chi o‘qchi polkining tarkibida 139-o‘qchi Roslavl Qizil Bayroqdor diviziyasi janglar bilan Berlingacha borgan. Neman daryosini kechib o‘tishda jonbozlik ko‘rsatgan.
1944-yilning 15-iyulida vzvod tarkibida Kovshi qishlog‘i (Grodno viloyatining Mostovskiy tumani) yaqinidagi Neman daryosini kechib o‘tadi. Platsdarm uchun jangda qatnashgan, yigirmadan ortiq fashistni yo‘q qilgan. Yaralanganiga qaramay, jang maydonini tark etmagan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yilning 24-martidagi Farmoniga binoan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, kichik serjant Leonid Georgiyevich Babushkin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida yashagan. Oltintopgan kombinatining qayta ishlash zavodida ishlagan. 1993-yilning 22-fevral oyida vafot etgan.