BORISENKO NIKOLAY SIDOROVICH

       

        Polkovnik Borisenko Nikolay Sidorovich, 1903-yil 11-mayda Smolensk viloyatining Pochinskiy tumani Demeshki qishlog‘ida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1920-yilda ishchi yoshlar maktabini tamomlagan.

        1941-yil avgust oyidan 1942-yil noyabr oyiga qadar Shimoliy temir yo‘lida (Vologda sh.) IIXX yo‘l-transport bo‘limi boshlig‘i lavozimida xizmat qiladi. 1944-yil yanvar oyiga qadar Primorskiy temir yo‘lida (Voroshilov sh.) IIXX-DXXK transport bo‘limi boshlig‘i, keyinchalik esa 3- va 4-Ukraina frontlari DXXK transport bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida xizmat qiladi.

        Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq”, “I darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI