BOLGANOV PETR SIDOROVICH
Kapitan Bolganov Petr Sidorovich, 1923-yil 17-aprelda Saratov viloyatining Bakurskiy tumani Buturlinka qishlog‘ida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1942-yilda Saratov viloyatidagi 3-o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.
1942-yil aprel-avgust oylarida Toshkent piyodalar bilim yurti kursanti bo‘lgan. O‘qishni tamomlagach, Stalingrad fronti tarkibidagi 291-o‘qchilar diviziyasining razvedka rotasiga jangchi-razvedkachi etib tayinlanadi. 1944-yil may-sentabr oylarida 4-Ukraina frontining 18-armiyasi qoshidagi kichik leytenantlar kursida tahsil oladi. 1944-yil sentabr oyidan 1945-yil may oyiga qadar 4-Ukraina fronti 24-o‘qchilar diviziyasining 168-polkida piyoda razvedkada vzvod komandiri lavozimida xizmat qilgan.
Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Jasurligi uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.