FILATOV KONSTANTIN ANDREYEVICH

        Podpolkovnik Filatov Konstantin Andreyevich, 1909-yil 25-iyunda Krasnodar o’lkasining Armavir shahrida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti o’rta, 1925-yilda Baku shahridagi kasb-hunar maktabini tamomlagan.

        1940-yil dekabrdan boshlab, Boltiqbo’yi harbiy okrugi
8-mexanizatsiyalashgan brigadasining keyinchalik, Kaunas shahridagi 44-istehkom brigadasi IIXK maxsus bo’limi boshlig’i bo’lib xizmat qilgan. 1941-1942-yillarda Shimoli-g’arbiy frontning mustahkamlangan hududining boshlig’i bo’lgan. Kontuziya bo’lganidan so’ng, 1942-yil iyungacha dala gospitalida davolangan, shundan so’ng Shimoliy-g’arbiy frontning 55-o’qchi diviziyasining IIXK maxsus bo’limi boshlig’i etib tayinlangan. 1943-yil iyundan 1946-yil dekabrgacha – 3-Boltiqbo’yi frontining
55-qizil bayroqli o’qchi diviziyasi (dengiz piyodalari korpusi) “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi boshlig’i lavozimida xizmat qilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”,  “Jangovar xizmatlari uchun”, “Ulug’ Vatan urushida qozonilgan g’alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI