DIEYEV IVAN FEDOROVICH
Kapitan Dieyev Ivan Fedorovich, 1910-yil 22-yanvarda Qirg‘iziston SSRning O‘sh shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1926-yilda Andijon shahridagi o‘rta maktabni, 1929-yilda Qo‘qon mexanika texnikumining bitta bosqichini tamomlagan.
1942-yilning dekabr oyida 4-Belorus fronti tarkibidagi 39-armiyaning kontrrazvedka bo‘limi 4-bo‘linmasiga katta operativ vakil etib tayinlanadi. 1944-yilning dekabr oyidan 1946-yilning iyun oyiga qadar xizmatni 39-armiyaning 17-gvardiya o‘qchilar diviziyasida kontrrazvedka bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida davom ettiradi.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlangan.