BOBICHEVA EKATERINA VASILYEVNA

        Leytenant Bobicheva (Semak) Ekaterina Vasilyevna, 1924-yil 24-dekabrda Ukraina SSR Kirovograd viloyatining Znamenka shahrida tavallud topgan, millati ukrain, ma’lumoti o‘rta, 1942-yilda Toshkent shahridagi 151-o‘rta maktabning 9-sinfini tamomlagan.

        1943-yil sentabrda IIXKning hukumat aloqalari bo‘limi kursantligiga qabul qilinadi (Toshkent sh.). 1944 -yil yanvar-1945-yil iyun oylari davomida 1-Belorus fronti IIXX hukumat aloqalari bo‘limida “VCH” texnigi lavozimida tayinlanadi.

        Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Shon-sharaf belgisi” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Ulug‘ Vatan urushi davridagi sharafli mehnati uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 va 30 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari, Polshaning “Xizmatlari uchun kumush xoch” mukofoti bilan taqdirlangan.

“SHON-SHARAF BELGISI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDAGI SHARAFLI MEHNATI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDAGI SHARAFLI MEHNATI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

POLSHANING “XIZMATLARI UCHUN KUMUSH XOCHI” MUKOFOTI