DENESHEV ARSLAN GUMAROVICH

        Mayor Deneshev Arslan Gumarovich, 1926-yil 19-noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati tatar, ma’lumoti o‘rta, 1962-yilda Toshkent shahridagi o‘rta maktabni tamomlagan.

          Xizmatni 1943-yilning noyabr oyida Turkiston harbiy okrugining radiotelegraf kurslari kursantligidan boshlagan. 1944-yilning avgust-dekabr oylarida 2-Belorus fronti tarkibidagi 49-armiya 139-o‘qchilar diviziyasining 364-o‘qchilar polkida aloqa rotasining radiotelegrafisti lavozimida xizmat qilgan. 1945 -yilning may oyiga qadar 2-Belorus fronti tarkibidagi 49-armiyaning 271-alohida aloqa batalonining aloqa radiotelegrafisti lavozimida xizmat qiladi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “I, II, III darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”,“Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“III DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI