STRELSOV FEDOR DMITRIYEVICH

 

     Mayor Strelsov Fedor Dmitriyevich, 1906-yil 2-oktabrda Kuybishev viloyati Borskiy tumani Andreevka qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, malumoti o‘rta, 1930-yilda temiryo‘l texnikumining qurilish bo‘linmasini tamomlagan.

          1942-yilda 17-tank korpusi 31-motoo‘qchi brigadasining brigada muhandisi lavozimida xizmat o‘tagan. 1942-yil dekabrda Don, Janubiy va Janubiy-g‘arbiy frontlari 3-gvardiya tank korpusi 2-gvardiya motoo‘qchi brigadasining brigada muhandisi etib tayinlanadi. 1943-yil oktabr oyidan dekabr oyiga qadar yaralanganligi sababli
3465-sonli gospitalda davolanishda bo’lgan, sog’ligi tiklangandan so’ng 2-Ukraina fronti muhandislik boshqarmasi zaxirasiga olingan. 1944-yilda 4-gvardiya armiyasi 21-gvardiya o‘qchi korpusining korpus muhandisi. 1944-yil iyul oyidan 1945-yil may oyigacha 1-Ukraina fronti 55-muhandis-sapyorlik brigadasining muhandislik-texnik ta’minot boshlig’i bo’lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, ”Qizil bayroq”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI