ZRAJAYEV NIKOLAY ANDREYEVICH

       Katta leytenant Zrajayev Nikolay Andreyevich, 1909-yilda Qozog‘iston SSRning Aktyubinsk shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta, shahar maktabining 7-sinfini tamomlagan.

     Xizmatni 1941-yilning iyul oyida O‘rta Osiyo harbiy okrugida IIXK maxsus bo‘limi (Toshkent sh.) operativ vakili lavozimida boshlaydi. 1941-yilning oktabr oyidan 1943-yilga qadar Voronej fronti tarkibidagi 7-gvardiya armiyasining
213-o‘qchilar diviziyasida “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ vakili lavozimida xizmat qiladi. 1943-1945-yillarda 1-Ukraina fronti tarkibidagi 52-armiyada 213-o‘qchilar diviziyasining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi katta operativ vakili, 1945-yilning may-avgust oylarida 1-tankchilar armiyasining 259-sonli lagerida “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ vakili lavozimlarida xizmatni o‘taydi.

       Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” medali bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI