CHIRKOV ALEKSANDR FEDOROVICH

     

        Podpolkovnik Chirkov Aleksandr Fedorovich, 1907-yil 23-noyabrda Qo’rg’ontepa viloyati Qo’rg’on shag’rida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1953 yil Toshkent yuridik institutini tamomlagan.

        1941-yil oktabrdan 1942-yil iyungacha bo’lgan davrda G’arbiy frontning 490-chi “OSNAZ” alohida radio bo’limining komissari bo’lib xizmat qilgan. 1942-yil iyundan 1943-yil noyabrgacha Oliy qo’mondonlikning 1-alohida maxsus maqsadli radio polk qo’mondoni o’rinbosari. 1944-yil aprelga qadar 3-Belorus frontining 644-sonli artilleriya polkining agitatori bo’lgan. 1944-yilda 3-Belorus fronti 31-armiyasining 71-o’qchi brigadasining 776-alohida aloqa batalyoni qo’mondonining o’rinbosari etib tayinlandi. 1944-yil iyundan 113-o’qchi korpusi siyosiy bo’limi inspektori, keyinchalik 3-Belorus fronti 39-armiyasining 7-alohida aloqa polki qo’mondonining o’rinbosari bo’lib ishlagan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq”, “I va II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Yaponiya ustidan g’ozongan g’alaba uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“YAPONIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI