ZINCHENKO PETR MAKSIMOVICH

   Kapitan Zinchenko Petr Maksimovich, 1922-yil 22-martda Qozog‘iston SSRning Toldiqo‘rg‘on viloyati Cherkasskoe qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1939-yilda pedagogika bilim yurtini tamomlagan.

        1941-yilning iyun-avgust oylari davomida Leningrad fronti tarkibidagi 11-armiya 254-o‘qchilar diviziyasining 929-o‘qchilar polkida vzvod komandiri bo‘lgan. 1942-yil yanvarda 11-armiya kichik leytenantlari kursida tahsil olgandan so‘ng Shimoliy-g‘arbiy front tarkibidagi 11-armiya 84-o‘qchilar diviziyasining 41-o‘qchilar polkiga batalon ad’yutanti etib tayinlanadi. 1942-yilda Shimoliy-g‘arbiy front tarkibidagi 11-armiya 84-o‘qchilar diviziyasining 41-o‘qchilar polkida batalon komandiri, 1942-yilning dekabr oyidan 1943-yilning sentabr oyiga qadar Stalingrad fronti tarkibidagi 66-armiyaning 84-o‘qchilar diviziyasida pulemyotchilar bataloni komandiri, 1945-yilning avgustiga qadar Volgabo‘yi harbiy okrugining 7-o‘quv o‘qchilar brigadasi  3-o‘quv o‘qchilar polkida o‘quv batalon komandiri lavozimlarida xizmat qiladi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Stalingard mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI