YERETIK FILIPP AKIMOVICH

      Polkovnik Yeretik Filipp Akimovich, 1915-yil 6-yanvarda Ukraina SSR Poltava viloyati Nexvoroshanskiy tumanidagi Pavlovka qishlog‘ida tug‘ilgan, millati ukrain, ma’lumoti oliy, 1938-yilda Poltava pedagogika institutini tamomlagan.

        1939-yilning iyul oyidan 1941-yilning dekabr oyiga qadar xizmatni IIXK Poltava viloyat boshqarmasida operativ vakil, bo‘linma boshlig‘i o‘rinbosari, keyinchalik bo‘linma boshlig‘i lavozimlarida davom ettiradi. 1942-yilning iyun oyiga qadar Moskva harbiy okrugi tarkibidagi Gorkiy garnizoni IIXK maxsus bo‘limida katta operativ vakil, 1942-yilning iyun oyidan 1945-yilning fevral oyiga qadar Moskva harbiy okrugi tarkibidagi 6-zaxiradagi armiyaing IIXK maxsus bo‘limi 4-bo‘linmasi boshlig‘i, 1945 -yilning iyuliga qadar esa Voronej, Janubiy-g‘arbiy, 1 va 3-Ukraina frontlari tarkibidagi 6-armiyaning “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi 3-bo‘linmasi boshlig‘i lavozimlarida xizmat qilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “I va II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI