ZARUTSKIY SERGEY YAKOVLEVICH
Podpolkovnik Zarutskiy Sergey Yakovlevich, 1904-yil 17- sentabrda Qozog‘iston SSRda tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta, 1917-yilda o‘rta maktabning 2-sinfini tamomlagan.
1941-yilning avgust oyidan 1942-yilning sentabr oyiga qadar O‘zSSR IIXK Shahrisabz shahar bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan. 1943-yilning yanvar oyiga qadar Moskva harbiy okrugining 3-zaxira armiyasi IIXK maxsus bo‘limi 4-bo‘linmasi boshlig‘i, 1943-yilda Bryansk fronti tarkibidagi 2-tankchilar armiyasi IIXK maxsus bo‘limi 2-bo‘linmasi boshlig‘i, ushbu yilning mart oyidan 1945-yilning may oyiga qadar Markaziy va Belorus frontlari tarkibidagi 65 va 50-armiyalarining “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasi 1 va 2-bo‘linmalari boshlig‘i lavozimlarida xizmatni o‘tagan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq”, “I va II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari, Polsha Respublikasining “Nissa, Oder va Baltika uchun” mukofoti bilan taqdirlangan.