SHOKOROV FEDOR DMITRIYEVICH

    

    Katta leytenant Shokorov Fedor Dmitriyevich, 1915-yil 20-sentabrda  Qozog’iston SSRning Shimoliy Qozog’iston viloyati Kokchetav tumani Pavlovka qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti to’liqsiz o’rta, 1929-yilda o’rta maktabning 6-sinfini tamomlagan.

       1940-yil oktabrda Uzoq Sharq o’lkasi Grodekovo shahridagi 287-o’qchi diviziyasining 114-o’qchi polkining vzvod komandiri yordamchisi bo’lib xizmat qildi. 1943-yil apreldan 1944-yil noyabrgacha 3-Belorus fronti 180-armiyasining to’suvchi otryadining otryad komandiri. 1945-yil iyungacha 3-Belorus fronti 3-armiyasi shtab kichik leytenantlar kurslari kursanti bo’lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg’ol etganligi uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jasurligi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI