TUKALENKO SEMEN YEFIMOVICH

        Mayor Tukalenko Semen Yefimovich, 1913-yil 15-iyulda Ukraina SSR Dnepropetrovsk viloyati Nikopol tumani Sholoxovo qishlog’ida tug’ilgan, millati ukrain, ma’lumoti o’rta, 1930-yilda o’rta maktabning 7-sinfini tamomlagan.

       1942-yil avgustda Janubi-Sharqiy, Bryansk, Markaziy, 2 va 4-Ukraina frontlarining 155-tank brigadasi maxsus bo’limida operativ xodim sifatida faoliyat olib borgan. 1944-yil yanvar oyida minomyot o’qi ostida qolish natijasida og’ir yaralangan va 3966-sonli evakuatsiya gospitaliga yuborilgan (Samarqand sh.). 1944-yil sentabr oyidan O’rta Osiyo harbiy okrugining “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi ixtiyorida bo’lgan. 1944-yil noyabr oyidan 1945-yil may oyiga qadar O’zbekiston SSR DXMQ 5-bo’limi operativ xodimi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI