TRAPEZNIKOVA ALEKSANDRA NIKOLAEVNA

        Mayor Trapeznikova Aleksandra Nikolaevna, 1919-yil 1-dekabrda Orenburg viloyatining Oq-Bulak tumanida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1941-yilda Chkalov davlat pedagogika institutini tamomlagan.

       1942-yil avgust oyida IIXK Chkalov viloyat boshqarmasi punktining 2-toifali nazoratchisi lavozimida xizmatni boshlagan. 1943-yil dekabr oyidan 1945-yil may oyigacha 4-Ukraina frontining 51-Armiyasi IIXK maxsus bo’limi bo’linmasining 1-toifali nazoratchisi bo’lgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug’ Vatan urushida qozonilgan g’alabaga 20 va 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI