TIBIRKOV ALEKSEY IGNATYEVICH

         Katta leytenant Tibirkov Aleksey Ignatyevich, 1917-yil 23-aprelda Stalingrad viloyati Podtelkovskiy tumani Kalinino qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1938-yilda Stalingrad viloyati pedagogika bilim yurtini, 1958-yilda pedagogika institutini tamomlagan.

         1940-yil sentabr oyida shtab kotibi, divizion komsorgi, keyinchalik Janubiy-g’arbiy frontning 349-o’qchi diviziyasi 349-alohida minomyot divizioni ta’minot vzvodida siyosiy masalalar bo’yicha boshliq o’rinbosari sifatida xizmatni boshlagan. 1942-yil oktabr oyida Krasnodar siyosiy bilim yurtini tamomlaganidan so’ng Kavkazorti frontining 9-Armiyasi 11-gvardiya korpusining 8-gvardiya o’qchi brigadasining pulemyot rota politrugi etib tayinlanadi. 1943-yil yanvar oyidan may oyigacha yaralanganligi sabab 3340-sonli evakuatsiya gospitali (Baku sh.)da davolanishda bo’lgan. 1943-yil iyul oyida Shimoliy Kavkaz frontining batareya komandirlarini tayyorlash bo’yicha 32-artilleriya o’quv polki tinglovchisi. 1944-yil iyun oyidan sentabr oyigacha bo’lgan davrda Kavkazorti frontining “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasi kadrlar bo’limi zaxirasida operativ xodim bo’lgan. 1944-yil sentabr oyidan Sempan shahridagi (Eron) 39-otliq diviziyasining “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi operativ xodimi lavozimida xizmat qilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun” va “Kavkaz mudofaasi uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KAVKAZ MUDOFAASI UCHUN” MEDALI