TEPLIX NIKOLAY IVANOVICH

       Mayor Teplix Nikolay Ivanovich, 1915-yil 24-dekabrda Kirov viloyati Lebyajskiy tumanida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1936-yilda Urjum shahridagi Kirov pedagogika texnikumini, 1940-yilda Moskva shahridagi IIXK Oliy maktabini tamomlagan.

       1941-yil sentabr oyidan 1942-yil iyun oyiga qadar Leningrad frontining 23-armiyasiing 142-o‘qchi diviziyasi IIXK maxsus bo’limi boshlig’ining o’rinbosari lavozimida xizmat olib borgan. 1943-yil oktabr oyigacha Leningrad frontining 23-armiyasi 205-o’qchi diviziyasi maxsus bo’lim boshlig’ining o’rinbosari. 1943-yil oktabr oyidan 1945-yil may oyigacha Leningrad frontining 21-armiyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi 4-bo’linmasi boshlig’i bo’lgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “I va II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Leningrad mudofaasi uchun”, “Pragani ozod qilganligi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“LENINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“PRAGANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI