SEMYANOV ANDREY IVANOVICH

    

         Starshina Semyanov Andrey Ivanovich, 1905-yil 17-iyunda Toshkent viloyatida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti boshlang’ich, 1921-yilda qishloq maktabining 3-sinfini tugatgan.

         1941-yil iyun oyidan O’rta Osiyo harbiy okrugi 321-alohida tankka qarshi qiruvchi diviziyada, so’ng Markaziy frontda haydovchi lavozimida xizmatni o’taydi. 1942-yil may oyidan 1945-yil oktabr oyiga qadar 2- va 3-Ukraina frontlari 49-armiyasining 233-o’qchilar diviziyasi 321-alohida tankka qarshi qiruvchi diviziya haydovchisi bo’lgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “III darajali Shon-sharaf” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Belgradni ozod qilganligi uchun”, “Jasurligi uchun” medallar bilan taqdirlangan.

“III DARAJALI SHON-SHARAF” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“BELGRADNI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI