REUT ROMUALD SEMENOVICH

         Kapitan Reut Romuald Semenovich, 1922-yil 24-dekabrda Minsk shahrida tug‘ilgan, millati belorus, ma’lumoti oliy, 1940-yilda Minsk shahridagi 4-sonli o‘rta maktabni, 1959-yilda Belorussiya davlat universitetini tamomlagan.

        1940-yilning oktabr oyida Leningrad harbiy okrugining 2-zenit-pulemyotchilar polkining alohida aloqa batalonida oddiy askar sifatida xizmat qiladi. 1941-yilning avgust oyidan Leningrad fronti tarkibidagi 55-armiyaning 2-alohida zenit-pulemyotchilar batalonida avtomatchilar bo‘linmasi komandiri lavozimiga tayinlanadi.

       1942-yilning fevral-avgust oylarida Leningrad fronti tarkibidagi 268-o‘qchilar diviziyasining 947-o‘qchilar polkidagi pulemyotchilar rotasida vzvod komandiri bo‘lgan. Og‘ir yaralanib, 925 (Leningrad sh.) va 2567-sonli (Vereshagino sh.) evakuatsiya gospitallarida davolanadi. 1943-yilning may oyida Qurolli Kuchlar zaxirasiga bo‘shatiladi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Leningrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “II darajali bunuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushidagi sharafli mehnati uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“LENINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDAGI SHARAFLI MEHNATI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI