POLEJAYEV PETR PAVLOVICH

        Polkovnik Polejayev Petr Pavlovich, 1913-yil 16-avgustda Moskva viloyatining Zarayskiy tumanidagi Ivanshevo qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1956-yilda Toshkent okrugi ofitserlar uyi qoshidagi o‘rta maktabni tamomlagan.

         1937-yilning yanvar oyidan dekabr oyiga qadar IIXK Moskva o‘lkalararo maktabi kursanti bo‘lgan. 1938-yilning may oyidan 1940-yilning avgust oyigacha Belorussiya maxsus harbiy okrugi 11-armiyasining 5 va 15-tank korpuslari IIXK maxsus bo‘limi tergov guruhining operativ xodimi, katta tergovchisi lavozimlarida xizmat qilgan.

        1941-yilning avgust oyigacha G‘arbiy maxsus harbiy okrug va G‘arbiy fronti tarkibidagi IIXK maxsus bo‘limi katta tergovchisi, 1941-yilning avgust oyidan 1943-yilning may oyigacha bo‘lgan davrda Markaziy, Bryansk va Kalinin frontlari IIXK maxsus bo‘limi katta tergovchisi, 1943-yilning may oyidan 1945-yilning sentabr oyigacha “SMERSH” kontrrazvedka Bosh boshqarmasi 6-bo‘limi katta tergovchisi lavozimlarida xizmat qilgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI