SAFAROVA XALIDA MUXAMEDJANOVNA
Kichik leytenant Safarova Xalida Muxamedjanovna, 1923-yil 4-fevralda Ryazan viloyati Ermishinskiy tumani Azeevo qishlog‘ida tug‘ilgan, millati tatar, ma’lumoti tugallanmagan o‘rta, 1941-yilda Andijon shahridagi o‘rta maktabning 8-sinfini tamomlagan.
1942-yil noyabr oyidan 1943-yil yanvar oyigacha Stalingrad fronti 15-sonli IIXK harbiy senzura bo‘linmasining 1-toifali nazoratchisi lavozimida xizmat o‘tagan. 1943-yil yanvar oyidan noyabr oyiga qadar 4-Gvardiyachilar armiyasi 181-sonli IIXK harbiy senzura bo‘linmasining 1-toifali nazoratchisi, 1945-yil iyul oyigacha 2-Ukraina fronti 30-sonli IIXK harbiy senzura bo‘linmasining 1-toifali nazoratchisi sifatida faoliyat olib borgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Stalingrad mudofaasi uchun” medali bilan taqdirlangan.