PICHUGIN VALENTIN IGNATEVICH

     

Mayor Pichugin Valentin Ignatevich, 1920-yil 20-sentabrda Ivanovo viloyatining Goroxovskiy shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1936-yilda o‘rta maktabning 8-sinfini tamomlagan.

1941-yilda Kiev maxsus harbiy okrugining radistlar polkchilar maktabini tamomlagandan so‘ng, 12-qo‘shma aviatsiya diviziyasining 14-alohida aloqa rotasi radisti etib tayinlanadi. 1941-yilning sentabr oyidan 1942-yilning iyun oyigacha Ordjonikidze harbiy aloqa bilim yurti kursanti bo‘lgan. 1943-yilning iyun oyiga qadar Voronej fronti tarkibidagi 240-o‘qchilar diviziyasining 836-o‘qchilar polki 2-o‘qchilar batalonida 4 va 5-rotalar komandiri lavozimida xizmat qilgan. 1943-yil iyun oyidan 1944-yil oktabr oyigacha Voronej va 2-Ukraina frontlari tarkibidagi 232-o‘qchilar diviziyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ xodimi sifatida xizmatni o‘tagan. 1944-yil oktabr oyidan 2-Belorus va 2-Ukraina frontlari 1-artilleriya diviziyasi 9-og‘ir-minomyotchilar brigadasi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limining operativ xodimi bo‘lgan.

Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “I darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Shanxay mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“SHANXAY MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI