PETROV YAKOV MARTINOVICH

        Mayor Petrov Yakov Martinovich, 1916-yil 29-mayda Stavropolsk o‘lkasining Shpakov tumanidagi Kugulta qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti tugallanmagan o‘rta, 1933-yilda o‘rta maktabning 7-sinfini tamomlagan.

          1941-yil iyunda IIXK Tbilisi o‘lkalararo maktabini tamomlagandan so‘ng Ordjonikidze o‘lkasi IIXK Turkmaniston tuman bo‘limining operativ xodimi etib tayinlangan. 1941-yilning dekabr oyidan 1942-yilning avgust oyigacha 248-sonli Stalingrad viloyati IIXK Frolov maxsus lageri IIXK maxsus bo‘limning katta tergovchisi lavozimida xizmat qilgan. 1943-yilning fevral oyigacha Don va Stalingrad frontlari tarkibidagi 57-armiya IIXK maxsus bo‘limning katta tergovchisi, 1943-yilning fevral oyidan 1946-yilning iyun oyigacha IIXK maxsus bo‘lim katta tergovchisi, so‘ngra Stalingrad, Markaziy va 1-Belorus frontlari tarkibidagi “SMERSH” kontrrazvedka  bo‘limi katta tergovchisi lavozimlarida xizmat qilgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “I va II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg’ol etganligi uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI