NIKOLAYEVA MARIYA ALEKSEYEVNA

    

         Kichik leytenant Nikolayeva Mariya Alekseyevna, 1922-yil 14-fevral kuni Kalinin viloyatining Firov tumani Firov qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1938-yilda o‘rta maktabning 8-sinfini tamomlagan.

        1941-yil avgustda Shimoliy-G‘arbiy front tarkibidagi 27-armiya butlash bo‘limi mashinistkasi bo‘lib xizmatni boshlagan. 1942-yil oktabr oyidan 1944-yil sentabr oyigacha 159-armiya IIXK maxsus bo‘limi, so‘ng Kalinin fronti 4-zarbdor armiyaning zaxira o‘qchilar polkida mashinist-kotiba, 1945-yil sentabr oyiga qadar Boltiqbo‘yi fronti tarkibidagi 4-zarbdor armiyaning “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ xodimi yordamchisi lavozimlarida xizmat qilgan.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI