NESIPBAYEV RAXMET

    

       Polkovnik Nesipbayev Raxmet, 1912-yilning 1-oktabrda Qozog‘iston SSRning Semipalatin viloyati Chubartov tumanida tug‘ilgan, millati qozoq, ma’lumoti oliy, 1956-yilda Farg‘ona pedagogika institutini tamomlagan.

    1941-yilning dekabr oyidan 1942-yilning oktabr oyigacha O‘rta Osiyo harbiy okrugi 101-105-kavaleriya diviziyasining harbiy komissari bo‘lib xizmatni o‘tagan. 1943-yilning martiga qadar Shimoliy-G‘arbiy frontning siyosiy boshqarmasi polkining komandir o‘rinbosari lavozimi bo‘yicha zaxiradagi ad’yutant bo‘lgan. 1943-yilda 2-Ukraina fronti tarkibidagi 6-gvardiya havo-desant diviziyasining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ xodimi, 1943-yil noyabrdan 2-Ukraina fronti tarkibidagi 6-gvardiya havo-desant diviziyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limining katta operativ xodimi lavozimlarida xizmat qilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq”, “I va II darajali Vatan urushi” ordenlari “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Budapeshtni ishg‘ol etganligi uchun”, “Pragani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchunt”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BUDAPESHTNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“PRAGANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI