OSIPOV ALEKSEY VLADIMIROVICH

        Mayor Osipov Aleksey Vladimirovich, 1918 yil 24 mart kuni Orlov viloyati Bryansk shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1931 yilda Bryansk shahridagi maktabni 5 sinfini tamomlagan. 1937-1939 yillarda Privolj harbiy okrugining 7-harbiy uchuvchilar maktabida va 2-Volsk harbiy aviatsiya-texnika bilim yurtida ta’lim olgan.

         Xizmatni 1939-yilning sentabr oyida O‘rta Osiyo harbiy okrugining 34-tezkor bombardimonchi aviatsiya polkida
3-aviaeskadrilya kichik aviatexnigi sifatida boshlagan. 1941-yilning oktabr oyidan 1943-yilning mart oyigacha O‘rta Osiyo harbiy okrugining 492-ishg‘olchi aviatsiya polkida aviatsiya zvenosi mexanigi, 1943-yilning mart oyidan 1946-iyul oyigacha bo‘lgan davrda Kalinin, 1-Boltiqbo‘yi va 3-Belorus frontlari tarkibidagi 391-tungi bombardimonchi aviatsiya polkida 2-aviaeskadrilya aviatsiya zvenosi texnigi bo‘lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I, II va III darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“III DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI