BASKAKOV MIXAIL IVANOVICH

       

        General-mayor Baskakov Mixail Ivanovich, 1905-yilda Moskva shahrida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1933-yilda Moskva sharqshunoslik institutini tamomlagan.

        Xizmatni 1933-yilda BBSB markaziy apparati xodimi sifatida boshlagan. 1938-yilda Kareliya-Fin SSR ichki ishlar xalq komissari o‘rinbosari, keyinchalik xalq komissari lavozimlarida xizmat qiladi. Ulug‘ Vatan urushi yillarida partizanlar harakatining respublika shtabi rahbarlaridan biri bo‘lgan. 1943-yilda DXXK Gorkovskiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlanadi. 1946-yil iyun oyidan 1951-yil yanvar oyiga qadar O‘zbekiston SSR Davlat xavfsizligi qo’mitasi vaziri bo‘lgan.

        Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq”, “Lenin” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “I darajali Vatan urushi partizaniga”, “Zapolyare mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida sharafli mehnati uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“LENIN” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI VATAN URUSHI PARTIZANIGA” MEDALI

“ZAPOLYARE MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDAGI SHARAFLI MEHNATI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI