BARATOV MAVLYAN

 

        Katta leytenant Baratov Mavlyan, 1921-yilda Samarqand shahrida tavallud topgan, millati tojik, ma’lumoti to’liqsiz o’rta, 1936-yilda Samarqand shahridagi 11-o‘rta maktabning 7-sinfini tamomlagan.

        1941-yil oktabr oyidan 1942-yil mart oyiga qadar 97-alohida o‘qchilar brigadasida (Kattaqo‘rg‘on shahri Samarqand viloyati) siyosiy ishlar bo‘yicha rahbar o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan. 1942-yil mart oyida Kursk viloyati alohida sapyorlar bataloni siyosiy ishlar bo‘yicha rahbar o‘rinbosarligiga tayinlanadi. 1942-yil may-iyun oylarida jangda jarohat olib, Voronej shahridagi gospitalda davolanadi. Salomatligini tiklagandan so‘ng Stalingrad fronti
62-motomexanizatsiyalashtirilgan brigadaning siyosiy ishlar bo‘yicha rahbar o‘rinbosari etib tayinlanadi. 1943-yil fevral-may oylarida Astraxandagi harbiy bilim yurti tinglovchisi bo‘lgan, o‘qishni tamomlagach, Moskva harbiy okrugining alohida o‘quv muhandislari brigadasiga siyosiy ishlar bo‘yicha rahbar o‘rinbosari etib jo‘natiladi.

        Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI