PASHKOV PAVEL FEDOROVICH

Leytenant Pashkov Pavel Fedorovich, 1921-yil 18-dekabrda Qozog‘iston SSRning Olmaota viloyatidagi Djarkent shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

Xizmatni Kalinin fronti tarkibidagi 914-o‘qchilar polkida 246-o‘qchilar diviziyasining radisti sifatida boshlagan. 1942-yilning fevral-may oylarida (Orsk sh.) 1324-sonli gospitalda davolanishda bo‘lgan. Sog‘lig‘i tiklangandan so‘ng, Janubiy Ural harbiy okrugining 15-o‘qchilar brigadasidagi 37-alohida zaxira aloqa rotasiga radio vzvodi komandiri etib tayinlanadi.

1943-yilning martiga qadar Stalingrad fronti tarkibidagi 58-mexanizatsiyalashtirilgan brigadaning aloqa vzvodi komandiri, 1943-yilning mart-may oylari davomida Zlatoust shahridagi gospitalda davolanishda bo‘lgan. 1944-yilning mart oyidan 1945-yilnnhing fevral oyigacha G‘arbiy front tarkibidagi 33-armiyaning “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi zaxirasida, so‘ngra 2-Belorus fronti tarkibidagi “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasi kursanti bo‘lgan.

Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” medali bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI