NAYMUSHIN GEORGIY FEDOROVICH
General-mayor Naymushin Georgiy Fedorovich, 1914-yilda Vyatsk viloyatining Naymushino qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, pedagogika bilim yurti va Kirov o‘qituvchilar institutini tamomlagan.
1940-yildan 1941-yilga qadar 138-o‘qchilar diviziyasining 650-o‘qchilar polkida (Armanision SSR Kirovakan sh.) qizil armiya askari sifatida xizmat qilgan. 1940-yildan 1941-yilga qadar Tbilisi harbiy-siyosiy bilim yurtida tahsil olgan. 1943-yilga qadar 45-armiya shtabida (Yerevan sh.) siyosiy ishlar bo‘yicha qismda aloqa yo‘llari nazoratchisi va kotibi, 1943-yildan 1944-yilga qadar 45-armiya shtabi (Erevan sh.) siyosiy ishlar qismi bo‘yicha armiya ofitserlari zaxirasi boshliq o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan. 1944-1946-yillarda 75-o‘qchilar diviziyasi (Eron Xoy sh.) siyosiy faoliyatni targ‘ib qilish bo‘limi bo‘yicha katta inspektori bo‘lgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Shon-sharaf belgisi” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.