KARLOV KONSTANTIN GEORGIYEVICH

   

        Kapitan Karlov Konstantin Georgiyevich, 1914-yil 29-sentabrda Krasnodar o‘lkasining Krasnogvardiysk tumanidagi Preobrajenskoe qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1934-yilda Krasnodar pedagogika texnikumini tamomlagan.

        1941-yilning sentabr oyidan 1943-yilning iyul oyiga qadar 3-Belorus fronti tarkibidagi 26-gvardiya tankchilar brigadasining 1-tankchilar batalonida qizil armiyachi lavozimida xizmat qilgan. 1943-yilning iyul oyidan 1945-yilning may oyiga qadar 3-Belorus fronti tarkibidagi 26-gvardiya tankchilari brigasi boshqarmasida bronetransportyor komandiri, 1945 yilning noyabr oyiga qadar 26-gvardiya tankchilari brigasining alohida motorlashtirilgan avtomatchilar batalonida bo’linma komandiri bo’lgan

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida  “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI