KARIMOV GULYAM KASIMOVICH
Podpolkovnik Karimov Gulyam Kasimovich, 1923-yil 9-yanvaryada Buxoro shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, 1941-yilda Buxoro shahridagi o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.
Xizmatni 1941-yilning oktabr oyida O‘rta Osiyo harbiy okrugi o‘quv batalonida oddiy askarlikdan boshlaydi.
1943-yilning fevral oyida Rostov front tarkibidagi 28-diviziyasining 79-maxsus brigadasi bo‘linma komandiri lavozimiga tayinlanadi. 1943-yilning may oyidagi jangda og‘ir jarohatlanib, Rostov viloyatida joylashgan evakuatsiya gospitalida davolanadi, u yerdan 1943-yilning iyul oyida Saratov shahriga davolanishga jo‘natiladi. 1944-yilning iyul oyida xizmatdan Qurolli Kuchlar zaxirasiga sog‘lig‘i bo‘yicha bo‘shatiladi.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Ulug‘ Vatan urushidagi sharafli mehnati uchun”, “III darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 30 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.