MARSHEV SEMEN FEDOROVICH 

        Mayor Marshev Semen Fedorovich, 1916-yil 14-sentabrda Yaroslavl viloyatida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1933-yilda fabrika-zavod shogirdligi maktabini (Yaroslavl sh.), 1958-yilda Samarqand o‘rta maktabini tamomladi.

        1939-yil avgustdan boshlab Xalxin-Gol (Mongoliya) hududida Baykalorti fronti tarkibidagi 1-armiya guruhi
9-motozirhli brigadasining alohida razvedka batalonida zirhli mashina komandiri sifatida xizmatni boshlaydi.

     1942-yil avgustda Stalingrad va Donskoy frontlari tarkibidagi 36-gvardiya diviziyasining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi qo‘riqlash bo‘linmasi komandiri, keyinchalik bo‘lim vzvod komandiri lavozimlarida xizmat qiladi. 1943-yil iyundan boshlab Voronej va 1-Ukraina frontlari tarkibidagi 72-gvardiya diviziyasining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ xodimi bo‘lgan, 1943-yil avgustda yaralanib, 1256-sonli evakuatsiya gospitalida (Omsk sh.) davolanadi. Sog‘lig‘ini tiklaganidan so‘ng 1944-yil yanvarda 1-Ukraina fronti va Qo‘shinlar markaziy guruhi tarkibidagi 3-gvardiya minomyotchilari diviziyasining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ xodimi etib tayinlanadi va u erda 1946-yilga qadar xizmat qiladi.

       Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg‘ol etganligi uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Pragani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”,
“I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“PRAGANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI