ANTONOV NIKOLAY VASILYEVICH
Podpolkovnik Antonov Nikolay Vasilyevich, 1914-yil 4-dekabrda Stalingrad viloyatining Dubovka shahrida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1931-yilda 15-sonli Stalingrad fabrika-zavodining etti yillik maktabini tamomlagan.
1939-yil dekabrdan 1940-yil avgust oyiga qadar Stalingrad temir yo‘li IIXK yo‘l-transporti bo‘limining 1-bo‘linmasida operativ vakil lavozimida xizmat qilgan. 1941-yil sentabrga qadar Kishinyov temir yo‘li IIXK yo‘l-transporti bo‘limining 1-bo‘linmasida katta operativ vakili, 1941-yil sentabrdan 1942-yil fevralga qadar IIXXning Janubiy-sharqiy temir yo‘l transport bo‘limi 7-bo‘linmasida tergovchi lavozimlarida xizmat qilgan. 1942-yil fevralda Janubiy, Stalingrad, Donskoy frontlariga DXXK operativ vakili sifatida jo‘natiladi. 1943-yilning iyul oyidan boshlab Janubiy, keyinchalik 3-Ukraina frontida xizmat qiladi.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Kavkaz mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.