LEZOVSKIY VIKTOR ALEKSANDROVICH

     

      Mayor Lezovskiy Viktor Aleksandrovich, 1925-yil 11-yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1952 yilda o‘rta maktabning 10-sinfini, 1958-yilda Toshkent pedagogika institutini tamomlagan.

         1943-yil yanvardan aprelga qadar Xarkov zirhli tank bilim yurti kursanti bo‘lgan. 1943-yil aprelda O‘rta Osiyo harbiy okrugi IIXK maxsus bo‘lim kotib-shifrlovchisi etib tayinlangan. 1943-yil avgustdan 1944-yil fevralga qadar “SMERSH” kontrrazvedka Bosh boshqarmasi Toshkent maktabi kursanti, uni tamomlaganidan so‘ng, 1-Belorus fronti 69-armiya 274-o‘qchilar diviziyachi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ vakili etib tayinlandi. 1945-yil yanvardan 1946-yil iyulga qadar Germaniya okkupatsiya qo‘shinlari guruhi kontrrazvedka boshqarmasi 1-bo‘limi operativ xodimi bo‘lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Harbiy jasorati  uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI