ANDRIYANOV SERGEY YEVGENEYEVICH
Mayor Andriyanov Sergey Yevgeneyevich, 1912-yil 30-iyunda Ukraina SSR Xarkov shahrida tug’ilgan, millati ukrain, ma’lumoti oliy, 1930-yilda Qo‘qon shahrida o‘rta maktabni, 1933-yilda O‘rta Osiyo avtomobil yo‘llari institutini (Samarqand sh.), 1941-yilda IIXK o‘lkalararo maktabini tamomlagan.
Qizil armiyachi sifatidagi xizmat faoliyatini 1936-yil oktabr oyida Baykalorti harbiy okrugi 6679-harbiy qismda boshlagan. 1940-yil avgust oyidan 1944-yil aprel oyiga qadar DXXK Surxondaryo viloyat boshqarmasi operativ vakili, 1945-yil fevral oyiga qadar esa DXXK Surxondaryo viloyat boshqarmasi Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi katta operativ vakili lavozimlarida xizmat qilgan. 1945-yil fevral-may oylarida 2-Belorus fronti 12-tankchilar armiyasi IIXK operativ guruhida faoliyat olib borgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.