KADIROV XIKMAT

     

   

        Leytenant Kadirov Xikmat, 1920-yil 1-aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, 1941-yilda O‘rta Osiyo davlat universitetini tamomlagan.

        1941-yilning avgust oyida Farg‘ona shahridagi 38-maxsus o‘qchilar brigadasida, keyinchalik G‘arbiy front tarkibida qizil armiyachi lavozimida xizmat qiladi. 1942-yilning aprel oyidan 1943-yilning may oyiga qadar O‘zSSR IIXK maxsus bo‘limining 3-bo‘linmasi 2-toifali razvedkachisi, 1943-yilning mayidan O‘zSSR DXXK 2-bo‘limi 9-bo‘linmasi 1-guruhi 2-toifali razvedkachisi, 1943-yilning iyul oyidan mazkur bo‘linmada 1-toifali razvedkachi lavozimlarida xizmat qiladi. 1944-yilning yanvar oyidan 1945-yilning fevral oyiga qadar xizmat faoliyatini DXXK Buxoro viloyat boshqarmasining 2-bo‘linmasida 1-toifali razvedkachi lavozimida faoliyat olib boradi. 1945-yilning aprel oyiga qadar O‘zSSR DXXKda
2-toifali nazoratchi lavozimida xizmat qiladi va DXV Toshkent o‘lkalararo maktabi kursantligiga qabul qilinadi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI