JUKOV IVAN SEMENOVICH

     

        Leytenant Jukov Ivan Semenovich, 1922-yil 29-sentabrda Mordoviya ASSRning Insarskiy tumanidagi Chelmaydan qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta, 1940-yilda maktabning 8-sinfini tamomlagan.

        1941-yilning sentabr oyidan 1942-yilning sentabr oyiga qadar Moskva viloyatining Serpuxovo shahridagi aviatexnika maktabining va Olmaota shahridagi harbiy piyodalar bilim yurtining kursanti bo‘lgan. 1942-yil sentabrda Volxov fronti tarkibidagi 19-gvardiya o‘qchilar diviziyasida minomyotchilar navodchigi lavozimida xizmat qilgan. 1942-yilning sentabr oyidan 1943-yilning aprel oyiga qadar jarohat olib, evakuatsiya gospitalida davolanadi. Salomatligini tiklagandan so‘ng Leningrad fronti tarkibidagi 2-zarbdor armiyaning o‘qchilar polkiga qizil armiyachi sifatida jo‘natiladi. 1944-yilning noyabr oyida “SMERSH” kontrrazvedka maktabiga tahsil oladi, Leningrad fronti tarkibdagi 63-gvardiya o‘qchilar diviziyasining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ vakili yordamchisi lavozimida xizmat qiladi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Leningrad mudofaasi uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“LENINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI