JIROV MIN FEDOROVICH

        Mayor Jirov Min Fedorovich, 1914-yil 10-dekabrda Saratov viloyatining Ivanteeyevskiy tumanidagi Bortenovka qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1947-yilda o‘rta maktabning 10 sinfini tamomlagan.

      Xizmatni 1941-yilning oktabr oyidan 1942-yilning aprel oyiga qadar O‘zSSR IIXK 3-maxsus bo‘limida katta razvedkachi lavozimida o‘taydi. 1942-yilning may oyiga qadar Kalinin fronti tarkibidagi IIXK maxsus bo‘limi ixtiyorida bo‘ladi. 1942-yilning may oyidan 1943-yilning noyabr oyiga qadar G‘arbiy front tarkibidagi 247-o‘qchilar diviziyasining IIXK maxsus bo‘limi operativ vakili lavozimida xizmat qilgan.
1945-yilning may oyiga qadar 3-Belorus fronti tarkibidagi “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasi 1-bo‘limining 1-bo‘linmasi operativ vakili bo‘lgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI